13:30 / 17.09.2020
3 541

"Spartak" bosh murabbiyi O‘runov porlagan uchrashuv haqida nimalar dedi?

"Spartak" bosh murabbiyi O‘runov porlagan uchrashuv haqida nimalar dedi?
Rossiya kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Rodina" - "Spartak" uchrashuvi moskvaliklarning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida "qizil-oqlar" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Undan ko‘p ham, kam ham emas. 5 ta gol urishga erishdik. "Rodina" yaxshi va yosh jamoa. Ular bizga yetarlicha qiyinchilik tug‘dirdi, deb o‘ylayman. Oxirgi daqiqagacha kurashdi. Yosh futbolchilarga imkon berishga harakat qildim.

Barcha gollar birdek yoqdi. Birinchi taymda bizga xotirjamlik yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa, biz gollar urib olgach, ancha erkin harakat qildik.

Kubok bahslarining o‘z qonun-qoidalari bor. Rotatsiya qilishga majbur edik. 5 ta yangi futbolchini asosiy tarkibda tushirdik. Maksimenko maydonga tushishni xohladi va zaxira darvozabonimiz bilan kichik muammo bor
", - dedi Tedesko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Spartak" bosh murabbiyi O‘runov porlagan uchrashuv haqida nimalar dedi?