20:04 / 20.09.2020
1 784

Superliga. "Lokomotiv" qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. "Lokomotiv" qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Buxoro" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Muborakdagi "Bahrom Vafoyev" nomidagi stadionda kechgan uchrashuvda "temiryo‘lchilar" 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmayev hamda Azizbek Amonovlar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida Bexruz Sadilloyev bir bor javob qaytardi. Shu tariqa, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 21 taga yetdi va jamoa onlayn turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 8 ochkosi bor "Buxoro" esa 15-pog‘onadan o‘rin egallagan.

“Buxoro” – “Lokomotiv” 1:3
Gollar:
Sadilloyev 59 - Abduholiqov 15, Bikmayev 19, Amonov 27.

"Buxoro": 91. Zafar Safayev, 4. Mirjalol Jumayev, 8. Anvar Jo‘rayev (28. Ergash Ismoilov 26), 9. Jasur Hakimov (29. Shahzod Beshimov 81), 10. Aziz Ibragimov (77. Izatilla Abdullayev 72), 16. Jasur Hasanov (26.Abror Xusinov 46), 17. Behruz Sadilloyev, 19.Bekzod Saidov, 66. Ilhomjon Alijonov, 93. Maksimilian Fomin, 98. Solibek Karimov (21. Abbosbek Jumaqulov 46).
Zaxira: 20. Sardor Qobuljonov, 5. Boburjon Amanov, 11. Zohir Pirimov, 24. Nurjahon Muzaffarov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Jahongir Abdumo‘minov ( 7.Kaxi Maxaradze 56), 5.Slavko Damyanovich ( 23.Abdul Aziz Yusupov 74), 10.Marat Bikmayev (25.Javohir Alijonov 61), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14. Azizbek Amonov (52. Jaloliddin Jumaboyev 46), 20. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26.Dilshodjon Komilov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77. Diyorjon Turopov (4.Shahzod Shaymanov 56).
Zaxira: 13. Rustam Nartadjiyev, 18. Ibrohim G‘anixonov, 19. Avazbek O‘lmasaliyev, 22.Komron Saidazimov.

Ogohlantirishlar: Hakimov 33, Ismoilov 35, Muhammadiyev 35.
Chetlatish: Muhammadiyev 41.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Lokomotiv" qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi