11:25 / 22.09.2020
2 198

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, «As-Sadd» pley-offga yo‘l oldi

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, «As-Sadd» pley-offga yo‘l oldi
Foto: «Sharja» FK
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan 21 sentabr, dushanba kungi bahslar yakunlandi. «Sharja» jamoasi «At-Tovun» bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Saif Rashid amirliklarni oldinga olib chiqdi.

Tanaffusdan keyin Otabek Shukurov jamoadoshlari yana besh bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Velington het-trik qayd etgan bo‘lsa, Muhammad Abdulbosit va Kayo Lukas bittadan golga muallif bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Shukurov to‘liq harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Ad-Duhayl» Almoiz Alining goli evaziga «Persepolis»dan ustun keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Sharja» ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va «Persepolis» bir xil natija qayd etmoqda. «Ad-Duhayl» 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Foto: OFK
D guruhi peshqadamlari «As-Sadd» va «An-Nassr» jamoalari o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida «Sepahon» va «Al-Ayn» jamoalari ham murosa yo‘lini tanladi.

Shu tariqa saudiyaliklar ketidan Xavi qo‘l ostidagi «As-Sadd» ham pley-off masalasini muddatidan avval hal qildi.

Foto: OFK
C guruhi
«At-Tovun» Saudiya Arabistoni — «Sharja» BAA 0:6
Gollar: 0:1 – 45+1 Rashid, 0:2 – 49 Velliton, 0:3 – 54 Abdulbasit, 0:4 – 57 Velliton, 0:5 – 61 Velliton, 0:6 – 68 Kayo.

«Persepolis» Eron — «Ad-Duhayl» Qatar 0:0

D guruhi
«As-Sadd» Qatar — «An-Nassr» Saudiya Arabistoni 1:1
Gollar: 0:1 – 22 al-G‘anim, 1:1 – 88 Bunedja.

«Sepahon» Eron — «Al-Ayn» BAA 0:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. Otabek Shukurov jamoasi 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, «As-Sadd» pley-offga yo‘l oldi