21:32 / 22.09.2020
2 162

"Shahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"

"Shahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"
Foto: championat.asia
OCHL 6-turidan o‘rin olgan "Shahr Xodro" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida forslar ustozi Muhammad Navazi va futbolchi Hussayin Mehraban ishtirok etishdi.

"Har bir o‘yin alohida tarix. "Paxtakor"ga qarshi bahs qiyin bo‘ladi. Sababi "Paxtakor" qit’a musobaqalarida ishtirok etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Men raqibning 3ta o‘yinini tomosha qildim. Raqibni juda yaxshi o‘rgandik. Tig‘iz taqvimda ko‘p o‘yin o‘tkazish barcha uchun og‘ir. Ammo Eronga g‘alaba bilan qaytishni istaymiz va so‘nggi bahsda bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz. Hozirgi qiyin vaziyatda maydonga tushib o‘ynayotgan futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Barchaga sog‘liq tilayman, - deydi Muhammad Navazi.

Ertaga qiyin o‘yin bo‘ladi. Biz uchta o‘yin o‘tkazdik, ikki marta "Shabab Al Ahli" bilan, bir marta "Al Hilol" bilan. O‘ylashimcha ertaga eng kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Sababi "Al Hilol" virus tufayli ancha kuchsizlanib qoldi va yetakchilarsiz o‘ynadi. Ha, guruhdan chiqa olmasligimiz aniq, ammo bu yerda tasodifan kelib qolmaganimizni isbotlashni istaymiz", - deydi Hussayin Mehraban.

- Ertaga Osiyoning top klublaridan biriga qarshi o‘ynaysiz. Natija sizlar uchun hech qanday ahamiyatga ega emasligini tushunamiz, ertangi bahsdan futbolchilar qanday maqsad bilan maydonga tushishadi?
- "Paxtakor" juda kuchli klub. Juda tartibli va yaxshi jamoa. Bu klubni hurmat qilaman. Teng kuchli ikkita tarkibga va mashhur murabbiyga ega. Bu jamoaning OCHLdagi so‘nggi natijalari barchasini aytib turibdi. Har bir o‘yin biz uchun tajriba. Bu biz uchun OCHLdagi birinchi mavsum.

- O‘tgan turda yetakchilarsiz va zaxirasiz qolgan "Al Hilol"ga qarshi bahsda durang o‘ynadinglar. Bunchalik kuchsiz o‘yinning sababi nimada?
- O‘tgan safar ham aytgandim. Biz qolganlar bilan taqqoslaganda boy klub emasmiz. Katta pullar evaziga kuchli legionerlarni olib kela olmaymiz. To‘g‘ri "Shabab" bilan ikkita o‘yinda yutqazdik, ammo o‘yin borasida yomon o‘ynamagandik. "Al Hilol" chempion va hozirgi vaziyatga qaramay kuchli klub. Umid qilamanki ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shahr Xodro" bosh murabbiyi: "Paxtakor"ni hurmat qilaman"