23:08 / 02.10.2020
1 975

Ulug‘bek Baqoyev: "Bugungi g‘alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o‘ynadi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Bugungi g‘alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o‘ynadi"
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Sug‘diyona" - "Lokomotiv"(2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"To‘g‘risini aytsam o‘yindan qoniqish hosil qilganim yo‘q. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Nima bo‘lganini tushunmadim. Ikkita tezkor gol urdik. Keyin darvozamiz oldida raqibga havfli vaziyat yaratish uchun imkoniyat berib qo‘ydik. Bugungi g‘alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o‘ynadi. Boshqa izohga xojat yo‘q",- deydi Baqoyev.

- Buguni darvozaga kiritilgan ikkita to‘p ham standart vaziyatdan yuzaga keldi. Lekin, kombinatsion hujum uyushtirilganini ko‘rmadik. Bu taktikami va yoki o‘yin davomida yuz bergan holatmi?
- "Lokomotiv" bizning kuchli va kuchsiz tomonlarimizni yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turibdi. Futbol faqat kombinatsion o‘yindan iborat emas. Standart vaziyatlar, turli sxema va taktikalar futbolning bir qismi. Unda xatolar ham bo‘lib turadi. Futbolchilarga bunaqa topshiriq berilmagan edi. Futbol shunisi bilan qiziq.

- Bugun ikki hil bo‘lim guvohiga aylandik. Ikkinchi bo‘limga jamoa hisobni ushlab qolish maqsadida tushdimi?
- 2:0 dan so‘ng yigitlarga zich himoyalanish kerakligi haqida ko‘rsatma berdik. Tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishga harakat qildik. Nimadir o‘xshadi yoki o‘xshamadi.

- Shohruz Norxonovda jarohat bormi?
- Unda koronavirus aniqlangan. Hozirda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan. Shu sababli bugun o‘yinda ishtirok eta olmadi.

- Ushbu uchrashuvga ko‘plab muxlislar tashrif buyurishdi. Qo‘lga kiritilgan g‘alabada muxlislarni ham hissasi bormi?
- Muxlislarsiz futbol futbol emas. Biz kim uchun o‘ynaymiz, xalqimiz va muxlislarimiz uchun. Muxlislarni kelishi bizga ishonch berdi. Muxlislarsiz rasmiy o‘yin o‘rtoqlik uchrashuviga o‘xshab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Bugungi g‘alabada darvozabon mahorati va yigitlardagi kuchli xohish muhim rol o‘ynadi"