2 723
Shomurodov: "2019 yilning yozida "Shtutgart"dan aniq taklif bor edi, bugun A Seriyadaman"
Yaqindagina "Jenoa" futbolchisiga aylangan hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Championat.asia" mushtariylari uchun o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bugun A Seriya jamoasi - "Jenoa" bilan shartnoma imzoladim. Albatta, "Rostov" rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishim kerak. O‘zlari xohlashmagan bo‘lsa ham, meni qo‘yib yuborishdi. "ProSportsManagement" agentlariga ham maxsus rahmat aytishim kerak, aynan agentlarim bu transferning harakatlantiruvchi generatori bo‘lishdi. Ular bilan hamkorligimizning avvalida men Yevropaning top-chempionatlarida o‘ynashni xohlashim haqida aytganman. Agentlar strategiya, aniq reja tuzishdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun dastlab O‘zbekiston chempionatidan kuchliroq bo‘lgan RPLda o‘ynashim kerak edi. Yigitlar har doim men va oilam yonida bo‘lishdi. Klubim va faoliyatimga hurmat bilan qarashdi.
2019 yilning yozidayoq "Shtutgart" va boshqa klublardan aniq takliflar bor edi. Nihoyat, bugun A Seriya vakili bilan shartnoma imzoladim. Bu men uchun katta chaqiriq, o‘zbek futboli uchun oldinga tashlangan ulkan qadam! Endi "Jenoa"ning muxlislari soni 32 millionga ko‘paydi". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!