15:25 / 03.10.2020
2 819

Jastin Getji: «Habib uni nokautga uchrata olishimga ishonmayotgan bo‘lsa, demak, u tentak ekan»

Jastin Getji: «Habib uni nokautga uchrata olishimga ishonmayotgan bo‘lsa, demak, u tentak ekan»
Kollaj: «Daryo»
Yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga da’vogar sportchi Jastin Getji chempion Habib Nurmagomedovga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Bu hayotimdagi eng katta jang. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Tashqi omillar kayfiyatim va tayyorgarlik jarayonimga ta’sir etishiga yo‘l qo‘ymayman.

O‘zimga ishonaman va bu ishonch kundan-kunga ortib bormoqda. Xuddi shu tarzda sakkiz hafta ortda qoldi, oldinda yana 3,5 hafta bor. Bu jangga tayyor bo‘laman.

O‘zimdagi ishonch — eng asosiy omil, u kuch va murabbiylar tayyorlab qo‘ygan usullar natijasida xavfli kombinatsiyaga aylanadi. Yana bir omil — og‘ir mehnat, salohiyatlar jamlanmasi va ozgina omad.

Istalgan birimiz nokautga uchrashimiz mumkin. Agar Habib «U meni nokautga uchrata olmaydi» deb hisoblayotgan bo‘lsa, u holda tentak ekan. Bu meni uning uchun eng xavfli raqibga aylantiradi. U hali men kabi raqib bilan to‘qnash kelmagan
", - deydi Jastin Getji.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Getji o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da tashkil etiladigan UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jastin Getji: «Habib uni nokautga uchrata olishimga ishonmayotgan bo‘lsa, demak, u tentak ekan»