21:13 / 08.10.2020
3 211

Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Abramov nimalar dedi?

Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Abramov nimalar dedi?
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Tushunarliki Eron juda tajribali jamoa. Bugun imkoniyatimizdan pastroq o‘ynadik. Agar birinchi taymda biroz yaxshi harakat qilgan bo‘lsak, ikkinchi taym so‘nggi 30 daqiqasida juda yomon o‘ynadik. Eron birinchi bo‘limda ikki marta zarba berdi va gol urdi. Afsuski bugun kutgan o‘yinimizni namoyish etolmadik. Bunday kuchli raqib fonida futbolchilarni sinab ko‘rdik. Bu bahs biz uchun foydali bo‘ladi, mag‘lub bo‘lganda futbolchilarga aytadigan gaplarim ko‘p bo‘ladi", - deydi Abramov.

- Bugun terma jamoamiz oddiy o‘ynagandek bo‘ldi. Eron va Osiyoning boshqa yetakchilariga qarshi bahslarda o‘yin uslubimizni o‘zgartirish kerak emasmi?
- Raqib ham oddiy va ishonchli o‘ynadi. Tushunarliki Eronda potensial ko‘rinib turdi, kerak vaqtda ular yanada kuchli o‘ynay olishadi. Birinchi taymda raqibdan cho‘chigandek bo‘ldik va himoyaga o‘tib oldik. Keyin tashabbusni qo‘lga oldik va vaziyatlar yaratdik. Agar vaziyatlarga sovuqqon munosabatda bo‘lganimizda natija boshqacha bo‘lardi. Jarima maydoniga oddiy uzatmalar bilan Erondek jamoani mag‘lub etib bo‘lmaydi.

- Sardor Azmun Osiyoning kuchli hujumchilaridan biri. Bugun gol urgan vaziyatda u bemalol to‘pni egallab darvozaga zarba berdi. Uni qo‘riqlagan himoyachi o‘sha vaziyatda Azmunni yo‘qotib qo‘ydimi?
- To‘g‘ri aytdingiz, Azmun yaxshi saviyadagi o‘yinchi. Tarkibimizdagi ba’zi futbolchilar o‘yinga 3 kun qolganida ixtiyorimizga kelishdi. Bunday xatolar yo‘l qo‘yilsa futbolchilarimiz o‘zaro tushunishi yaxshi emasligini ko‘rsatdi, shu bilan Azmunning mahorati ham katta rol o‘ynadi.

- 2011 yilda O‘zbekiston terma jamoasi sizning qo‘l ostingizda Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqqandi. O‘sha tarkibdagi futbolchilarni terma jamoaga jalb qilish niyatingiz bormi?
- O‘ylashimcha, o‘sha musobaqada o‘ynaganlardan faqat Lutfulla To‘rayev qoldi shekilli. Uni juda ham ko‘p tanqid qilishadi. Lekin bugun To‘rayevni almashtirganimizdan keyin maydon markazda katta "teshik" paydo bo‘ldi. Zaxiradan tushganlar o‘yinimizni kuchaytira olishmadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Abramov nimalar dedi?