Messining ikki portreti Londonda Sotheby’s auksionida 923 ming yevroga sotildi


12 fevral kuni London shahrida o‘tkazilgan Sotheby’s auksionida savdoga “Barselona” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messining ikki portreti ham qo‘yildi.
Kimoshdi savdolarida yaponiyalik rassom Takasi Murakami tomonidan chizilgan portret 429 ming yevroga, britaniyalik Demyen Xyorst tomonidan ishlangan surat esa, 494 ming yevroga sotib olingan.
Xabar qilishlaricha, bu kartinalar sotuvidan tushgan pullar Bangladesh, Indoneziya va Nepal davlatlarida ta’lim tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…