
“Santos” klubi yulduzlik onlari “Real”, “Milan” va “Manchester Siti”da o‘tkazgan Rabino bilan 11 oktabr kuni tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Bunga mashhur futbolchi bir qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblangani sabab bo‘ldi. “Santos” futbolchi o‘zini sudda himoya qilish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lishi uchun uni ishdan bo‘shatdi.
Robino 2013 yili Milan shahrida ham bir qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblangan. 2017 yilning 23 noyabr kuni Milan sudi hujumchi va yana besh kishini 22 yoshli alban qizini zo‘rlashda aybdor, deb topgan. O‘shanda Robino o‘z aybini tan olmagan va appelyatsiya bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar