17:35 / 19.10.2020
2 169

Mahmud Murodov UFCda ketma-ket 3 g‘alabaga erishgan jangchi bilan to‘qnash keladi

Mahmud Murodov UFCda ketma-ket 3 g‘alabaga erishgan jangchi bilan to‘qnash keladi
31 oktabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan "UFC Fight Night 181" turnirida yurtdoshimiz Mahmud Murodov mazkur promoushendagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Unga polyak Kshishtof Yotko raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Yotko mashg‘ulotlar jarayonida jiddiy jarohat olgan. Endi yurtdoshimiz AQSH vakili Kevin Xolland bilan to‘qnash keladi.

Amerikalik Xolland faoliyati mobaynida 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan. Besh bora esa mag‘lubiyat qayd etgan edi. Shularning 8 tasini UFCda o‘tkazgan. Mazkur promoushenda u ikki bora mag‘lub bo‘lib ulgurgan. Unga mag‘lubiyatlarni hozirda yarim og‘ir vazn toifasi yetakchisi Tyago Santos hamda Brendan Allen taqdim etgan.

Qizig‘i, Kevin Xolland "UFC Fight Night 179" turnirida Impa Kasanganayni ajoyib tarzda nokautga uchratib, butun jahonga shov-shuv bo‘layotgan, Xoakin Baklini ham texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov UFCda ketma-ket 3 g‘alabaga erishgan jangchi bilan to‘qnash keladi