12:45 / 20.10.2020
2 079

Baxtiyor Ashurmatov: “Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman”

Baxtiyor Ashurmatov: “Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman”
Coca Cola superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

- Bugungi juda muhim g‘alaba bilan futbolchilarimni, jamoamiz rahbariyatini hamda qadrli muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o‘yinning ahamiyati juda yuqori edi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashda bugungi o‘yinni so‘nggi imkoniyat edi desam ham bo‘ladi. Agar bugun ochko yo‘qotganimizda biz raqobatchilarimizdan orqada qolib ketishimiz mumkin edi. Endi esa yuqori o‘rinlar uchun kurashda imkoniyatni saqlab qoldik. Biz oxirigacha sovrinli o‘rinlar uchun kurashamiz.

O‘yinlarimiz taqvimi juda tig‘iz va qiyin. Keyingi turda yana safarda “Mash’al” jamoasi bilan o‘ynaymiz. Undan keyin esa bizni AGMK va “Nasaf” bilan bo‘ladigan murakkab o‘yinlar kutib turibdi. Bugungi uchrashuvda xujumchimiz Norbekovni qizil kartochka, himoyachimiz Oybek Rustamov esa sariq kartochka olgani, keyingi turda bu ikkala futbolchimizni ishtirok etmasligidan darak beradi. Sababi Rustamovning sariqlari soni to‘rttaga yetdi. Bu albatta jiddiy yo‘qotish bo‘ladi. Jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov esa keyingi turda safimizga qo‘shiladi. O‘ylaymanki qolgan yigitlarimiz yo‘qotishlar o‘rnini bilintirmaydilar.

Bugun meni xursand qilgan narsa futbolchilarimizning ko‘zlarida o‘t yondi. Ular bugun murabbiylar shtabi kutgan o‘yinni namoyish qilib berishdi. Maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganimizga qaramasdan futbolchilarimiz oxirigacha jon-jahdlari bilan kurashishdi. Mana shu shijoatni yo‘qotmasak kelgusi o‘yinlarda ham ijobiy natijalarga umid qilsak bo‘ladi.

Bugungi o‘yindagi jamoa, biz murabbiylar shtabi butun mavsum davomida ko‘rishni xoxlagan jamoa bo‘ldi. Bugun o‘ziga ishongan,ko‘zlarida olov chaqnagan,maydonning xar bir qarich yeri uchun kurashgan,agressiv o‘yin ko‘rsatgan,g‘alaba uchun jonini berib o‘ynagan, eng muhimi maydonda axil va inoq oila bo‘la olgan jamoani ko‘rdik. Ayniqsa Rayevas uchun xursandman. Ishonchimizni oqladi. Jamoa va o‘zi uchun juda muxim bo‘lgan golni kiritdi. Bugungi g‘alaba yana bir tomondan ahamiyatli ediki, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi muxlislarimiz jamoamiz haqida yoqimsiz fikrlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishayotgan edi. O‘ylaymanki bugun futbolchilarimiz o‘z o‘yinlari bilan o‘shanday insonlarni ham fikrlarini o‘zgartira oldilar.

“Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman. O‘z safida Shavkat Salomov, Kasyan, A’zam Aliyev, Husniddin G‘ofurov, Darko Stanoyevich kabi futbolchilari bor jamoa kelgusi o‘yinlarda ijobiy natija qayd etib, murakkab vaziyatdan chiqib ketishiga ishonaman.

Bugungi o‘yinni yana bir prinsipial ahamiyati bor edi. Men o‘tgan yili qisqa muddat “Surxon”da faoliyat olib borganman. Bu vaqt davomida jamoa muxlislari meni murabbiylik faoliyatimga aniq baho bera olmagan bo‘lishlari mumkin. Men faqat “Nasaf” bilan uyda va safardagi o‘yinlarda jamoani boshqargan edim. Shu sababli ham bugungi g‘alaba meni ikki karra xursand qildi. “Surxon” muxlislariga sog‘lik, tinchlik tilayman. Keyingi o‘yinlarda suyukli jamoalariga omad yor bo‘lishini tilayman, - deydi Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: “Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman”