Eldor Shomurodovning debyutiga nechi ball qo‘yildi?

Eldor Shomurodovning debyutiga nechi ball qo‘yildi?
Xabaringiz bor, kecha tunda Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, debyutini o‘tkazdi. Hujumchimiz 63-daqiqada almashtirildi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur WhoScored.com portali futbolchilarning harakatiga qarab ball qo‘ygan. Unga ko‘ra hamyurtimiz Eldor Shomurodov 6.3 ballga loyiq ko‘rilgan.
Eldor Shomurodovning debyutiga nechi ball qo‘yildi?
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar