Foto: La Liga
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Real»ga qarshi bahs oldidan avvalgi o‘yinlar, shuningdek, Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Ronaldu bilan qarama-qarshiliklar o‘zgacha bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U juda uzoq vaqt davom etdi. Yuqori darajani esa uzoq yillar davomida saqlab turish oson ish emas. Ronaldu bilan o‘rtamizdagi duel shaxsiy tarafdan qaraganda ham juda yaxshi bo‘lgan hamda bu odamlarga ham yoqqan deb o‘ylayman. «Real», «Barselona» va umuman futbol ixlosmandlari qoyilmaqom tomosha guvohiga aylandi. Ularga yanada ko‘proq his-tuyg‘ularni hadya etishga umid qilamiz.
Krishtianu «Real»da bo‘lgan vaqtlari «El-Klasiko»larning o‘zgacha o‘tgani hammaga ma’lum. Bu o‘yinlar boshqacha xarakterli edi, ammo Krishtianu maydonda bo‘lganda uning ahamiyati yana ham ortardi. Biroq endi bularning bari ortda qoldi. Biz endi sabrsizlik bilan yangi chaqiruvlarni kutyapmiz. Chorshanba kuni muammo yuz berishi mumkin. Lekin biz Krishtianuning koronavirusdan tuzalib, ushbu bahsda maydonga tushishini umid qilamiz", -deydi Lionel Messi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning o‘yinga 24 soat qolganida koronavirus testidan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, «Barselona»ga qarshi uchrashuvda qatnashish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 24 oktabr, shanba kuni La Liga doirasida «Real»ga qarshi bahs olib boradi. 28 oktabr, chorshanba kuni esa Turinda «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi