14:00 / 26.10.2020
2 434

“Manchester Siti” Gvardiolaning o‘rniga murabbiy topdi

“Manchester Siti” Gvardiolaning o‘rniga murabbiy topdi
“Leypsig” jamoasini Bundesliga grandlari safiga qo‘sha olgan Yulian Nagelsman tez orada Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin.

Gvardiolaning bu mavsumda ishlari yurishmayapti. Agar u “Manchester Siti” rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa uning o‘rniga Nagelsman olib kelinadi. “Shaharliklar”ning ro‘yxatida Maurisio Pochettino nomzodi ham qayd etilgan. Bu murabbiyga “Real” ham qiziqish bildirgan.

Nagelsman “Leypsig”ni 2019 yilning yozidan boshlab, boshqarmoqda. Uning shogirdlari o‘tgan mavsumda kuchli uchlikdan joy oldi. Shuningdek, mahoratli murabbiy “Leypsig”ni Chempionlar ligasida yarim finalgacha olib chiqdi.

Nagelsmanning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” Gvardiolaning o‘rniga murabbiy topdi