14:30 / 02.11.2020
2 342

Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov, Aliboyev va Suyunovni chaqirmadi

Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov, Aliboyev va Suyunovni chaqirmadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

Shu sababli, Milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig‘in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig‘iladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a’zolari yig‘ilgach, 9 noyabr kuni tongda O‘zbekiston MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo‘l oladi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o‘tkaziladi.

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Qo‘qon-1912"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Yegor Krimes ("Paxtakor"), Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Farrux Sayfiyev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G‘aniyev ("Shabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: Shahzod Ubaydullayev ("Metallurg"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Igor Sergeyev ("Paxtakor").

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov, Aliboyev va Suyunovni chaqirmadi