22:05 / 09.11.2020
3 187

Habib Nurmagomedov kelishilgan jang o‘tkazganmi?

Habib Nurmagomedov kelishilgan jang o‘tkazganmi?
Amerikalik sportchi va aktyor Oleg Taktarov faoliyatini yakunlagan Habib Nurmagomedovning Jastin Getjiga qarshi oxirigi jangi kelishilgan ekanini aytgandi. Rossiyalik promouter Vadim Finkelshteyn bunga javob qaytardi.

- Habib o‘z faoliyatini mening promoushenimda boshlagan. U qadriyatlarni qadrlaydigan jangchi sifatida qing‘ir ishlarni qilmaydi. Bunaqa narsalar unga kerak emas. UFC ham o‘zining mavqeini saqlab qolish uchun bunga yo‘l qo‘ymaydi. Habibning darajasi boshqa jangchilardan ancha yuqori va u buni maydonda ko‘rsata oldi. Oxirgi jangida ham yetarlicha xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Balki ayrim odamlar buni ko‘ra olmagandir.

Taktarovning ham o‘zini fikri bor. U sportchi bo‘lgan. Lekin men mutaxassis sifatida Habibning raqibidan ancha ustun ekanini ko‘rdim
, - deydi Vadim Finkelshteyn.

Habib Nurmagomedov Jastin Getjini mag‘lub etganidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U UFC 29 ta g‘alaba bilan chempion sifatida tark etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov kelishilgan jang o‘tkazganmi?