Foto: PFL
Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev klublardan olinadigan badal pullari va ularni kamaytirish yo‘llari haqida gapirdi.
- "PFL birinchi liga klublarining badar pulini ikki barobar qisqartirdi. Bunaqasi tashkilot tarixida bo‘lmagan. Hozirda boshqa ligalardagi badal pullarini ham kamaytirish borasida ish olib boryapmiz. Klublarga beradigan eng katta yordamimiz shu.
Agar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati legallashadigan bo‘lsa, PFL keyingi yilning o‘zidayoq klublardan umuman pul olmasdan chempionatni o‘tkazishga tayyor. Aksincha, klublarga pul berishga tayyormiz. Bizda shunday takliflar bor, real takliflar bor.
Biroq bukmekerlik faoliyatining legallashishi PFL yoki O‘FAga bog‘liq emas. Buning 2021 yilda amalga oshishi juda qiyin masala bo‘lsa kerak", - deydi Diyor Imomxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yilning dekabridagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi