Foto: Twitter
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Rafael dos Anos (30-13) irlandiyalik yakkakurashchi Konor Makgregorni (22-4) jangga chorladi.
Braziliyalik sportchi Toshkent vaqti bilan 15 noyabr tongida o‘tgan UFC Vegas 14 musobaqasida Pol Felderni (17-6) mag‘lubiyatga uchratdi.
«Chempionlik jangi uchun keyingi navbatda turgan bilan bellashishni xohlayman. Agar Habib haqiqatda faoliyatini tugatgan bo‘lsa, u holda bizning divizion ochiq qoladi.
Agar haqiqatga qaraydigan bo‘lsak, faqat men va Konor haqiqiy chempionlarmiz, qolganlar esa faqat vaqtinchalik bu unvonga ega bo‘lgan. Bizning jang ahamiyatga ega», — deydi dos Anos.
O‘z navbatida ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor ham uning chorlovini qabul qildi.
«Birinchi navbatda Jastin, biroq chorlovni qabul qilishga tayyorman. Klassikani yodga olamiz», — deya yozadi Konor.
Makgregor 23 yanvar kungi UFC 257 musobaqasida Dastin Porega (26-6) qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning martida Konor va dos Anos o‘rtasida jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Rafaning jarohati sabab bu jang bekor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi