
Ayni kunlarda milliy terma jamoalarning o‘yinlari borligi uchun ichki chempionatlarda tanaffus yuzaga kelgan. Shu bois terma jamoalarga jalb qilinmagan futbolchilar klublari safida keyingi uchrashuvlarga tayyorlanmoqda. Jumladan, Eldor Shomurodov ham.
Italiyaning "Jenoa" safida faoliyat yuritayotgan hujumchimiz o‘tgan oy oxirlarida oyog‘idan jarohat olgani bois klubi safidagi bir necha turlarni o‘tkazib yubordi. Endigina jarohatidan forig‘ bo‘lgan hamyurtimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAda tashkil etgan yig‘iniga taklif etilmadi.
Eldor Shomurodov genuyaliklar safida umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. "Jenoa" navbatdagi bahsni 22 noyabr kuni safarda "Udineze"ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.


 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 