29 noyabr kuni Kaliforniyada boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi. Jangga bo‘lgan katta qiziqish va tomoshabinlarning murojaatlarini inobatga olgan holda UZRЕPORT TV ushbu to‘qnashuvni O‘zbekistonda translyatsiya qilish uchun eksklyuziv huquqlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida xabar berildi.
Jonli efir Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqani takroran 29 va 30 noyabr kunlari soat 21:00da UZRЕPORT TVda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Mayk Tayson 2005 yildan beri jang o‘tkazmayotganini ta’kidlab o‘tish zarur. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g‘alaba qozongan. Jons so‘nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan edi. Faoliyati davomida u 66 ta g‘alabaga erishgan (47 nokaut bilan), to‘qqizta jangda mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, jang g‘olibi jahon boks kengashining (WBC) "Frontline Battle Belt" deb nomlangan maxsus kamariga ega bo‘ladi.
Avvalroq, matbuot anjumani paytida 54 yoshli Tayson muxlislarni "haqiqiy jang" o‘tkazishiga ishontirgandi. Jons ham bo‘lajak raqibining so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi. "Agar haqiqiy jang bo‘lishiga ishonmayotgan bo‘lsangiz, demak siz boksni tushunmaysiz. Maykga qarshi ko‘rgazmali jangga kim ham chiqardi? Biz shlemsiz jang qilamiz. Ko‘rgazmali jang? Yo‘q, barchasi real bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi Roy Jons. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi