
Foto: O‘FA
«Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishida terma jamoa safidagi almashtirib bo‘lmas o‘yinchi haqida gapirdi.
- "Almashtirib bo‘lmas o‘yinchi? Shunday desa ham bo‘ladi, boshqa tomondan aytadigan bo‘lsak, jamoaga har doim yetakchi kerak. Yetakchisi bor jamoa bu — yaxshi jamoa. O‘ylashimcha, Odil Ahmedov yetakchi sifatida jamoaga kerak. Ayrim vaqtlarda u hatto qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun kerakli o‘yinchi. Uning maydonda bo‘lishi yosh o‘yinchilarni ruhlantiradi va ularning holati odatdagidan butkul boshqacha bo‘ladi.
Odil kiyinish xonasi yoki zaxira o‘rindig‘ida u qadar muhim demagan bo‘lardim, biroq maydonda bo‘lishi juda muhim. Kiyinish xonasida yetarlicha odam bor va u yerda hech qanday muammo yo‘q. U yerda meni borligim yetarli. U maydonda o‘zining tajribasi orqali futbolchilarni tinchlantira oladi", - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bor murabbiyi Vadim Abramov.
Odil Ahmedov ayni vaqtda Xitoyning «Tyanszin Teda» jamoasida to‘p surmoqda. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 105 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta golga mualliflik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar