UFC chempioni Kamaru Usmon Ramzan Qodirovning farzandlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (video)

UFC chempioni Kamaru Usmon Ramzan Qodirovning farzandlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (video)
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmon (17-1) Chechenistonga tashrif buyurdi.

Yakkakurashchi maxsus xizmat tayyorgarligi markaziga bordi. U yerda Kamaru turli o‘qotar qurollarni sinovdan o‘tkazdi va harbiy mashinalarda harakatlandi.

Shuningdek, Usmon «Axmat» jangchilar klubiga tashrif buyurdi va u yerda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan Kamaru 2019 yilning martida Tayron Vuldi mag‘lub etgan holda yarim o‘rta vazn chempionligi qo‘lga kiritgandi. Shu vaqtga qadar Usmon ikki bor kamarni himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar