Eldor Shomurodovning “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tishi Rossiya futbolining joriy yildagi eng shov-shuvli transferi bo‘lganiga shubha yo‘q. Garchi yozda “Lokomotiv” a’zosi Aleksey Miranchuk “Jenoa”dan har tomonlama ustun va Yevropa Chempionlar ligasida ham o‘ynayotgan “Atalanta”ga qo‘shilgan bo‘lsa-da, bu oddiy xabar sifatida qabul qilindi. Chunki Miranchukning ketishi avvaldan kutilayotgan hodisa edi.
Eldor Shomurodovning pandemiya karantinidan keyin o‘yini pasayib ketganini inobatga olib, Italiyaning eng qadimgi jamoasi o‘zbek futbolchisini katta summaga olgani haqiqatan kutilmagan yangilik sifatida ovoza bo‘ldi. Shuning uchun ham bu transfer hamon muhokama qilinmoqda, Eldorning A Seriyadagi imkoniyatlariga turlicha baho berilmoqda.
Italiyalik mashhur futbol agenti Marko Trabukki ham Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Shomurodovning bu yerda istiqboli yo‘q. “Jenoa”da u o‘yin davomida atigi uchta yaxshi pas qabul qilyapti. Bu Eldor uchun juda kamlik qiladi. Ushbu transfer “Jenoa”ning katta xatosi va “Rostov”ning yaxshigina yutug‘i bo‘ldi.
Xo‘sh, “Jenoa” nega bu futbolchini xarid qildi? Ular katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Shomurodovga ko‘p hujum qiladigan jamoa kerak. Ana shunaqa jamoada Roman Yeryomenko kabi Eldorni aqlli paslar bilan ta’minlaydigan o‘yinchi bo‘lishi shart. Hatto shunda ham Rossiyadagi oxirgi mavsumda hujumchining ishi yurishmadi.
Eldorga bo‘lgan shaxsiy simpatiyalarimga qaramay, bu omadsiz transfer bo‘ldi, deb qo‘rqaman. Yaqinda uni yarim narxiga Rossiyaga qaytarish imkoni bo‘ladi, - dedi Marko Tribukki.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Eldor Shomurodov Germaniya, Fransiya va Turkiya klublari e’tiboriga tushgan edi. Qiziqish bildirgan jamoalar orasida “Rostov” hujumchisi uchun turli bonuslar bilan 15 million yevrogacha xarajat qilishga tayyor ekanini ma’lum qilganlari ham bo‘ldi.
Biroq, koronavirus pandemiyasi transfer bozoridagi vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi.
Yozgi transferlar mavsumi boshida Belgiyaning “Gent” jamoasi rostovliklarga Shomurodov uchun 5 million yevro taklif qilib, rad javobini oldi. Transfer oynasi yopilishi arafasida Shomurodovda Italiya varianti paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib, “Jenoa” Eldorga og‘iz soldi. Keyin da’vogarlar qatoriga “Verona” va “Fiorentina” qo‘shildi. Natijada genuyaliklar transfer taklifini 7,5 million yevroga ko‘tarishdan tashqari, 1,5 million yevro miqdorida bonus va keyingi transferdan 15 foizlik ulush va’da qilishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, “Jenoa” varianti ma’qullandi.
Hozircha, Eldor genuyaliklar tarkibida jami to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Lekin birortasida to‘liq o‘ynamadi. Ikkita uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan bo‘lsa, yana ikkita bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Orada jarat olgani ham pand berdi.
Biroq, Italiya kubogi doirasida “Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda o‘zbek futbolchisi ancha yaxshi o‘ynadi va g‘alabaga poydevor bo‘lgan golga hammualliflik qildi.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, Shomurodovning Italiyadagi faoliyati qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan hujumchining o‘ziga bog‘liq. To‘g‘ri, ayrim mutaxassislar, agentlar va muxlislar “Jenoa”ning o‘yin uslubi Shomurodovga mos emasligini ta’kidlamoqda. Biroq, Eldor yangi chempionatga moslashib olgach, uning o‘yini ochilib ketishiga ishonayotganlar ham ko‘p. Zero, uning harakatlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani shundan dalolat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi