Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- "Jamoalarning nomidan kelib chiqqan holda ahamiyati yuqori o‘yin edi. Ammo biz bellashuvni omadsiz tarzda boshladik. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. Darvoza yaqinigacha keldik, biroq so‘nggi zarbani yo‘llaydigan futbolchi topilmadi. O‘tkazib yuborilgan golga kelsak, raqib o‘yinchisi to‘pga ajoyib tarzda zarba berdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘zimiz xohlagandek kechmadi. Shaxsan menga ikkinchi taymdagi o‘yinimiz umuman yoqmadi. Umumiy ma’noda «Nasaf» haqli tarzda g‘alaba qozondi. Buning uchun ularni tabriklayman! Chunki biz o‘zimiz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni bajara olmadik.
Qanday holatda ekanimizni juda yaxshi bilasizlar, futbolchilarga haliyam maydonga tushib yugurishayotganiga rahmat aytaman.
Futbolchilarning shartnomasi tugamoqda? Agar jamoa kimgadir kerak bo‘lsa, boshqa gap, menimcha hozir jamoa hech kimga kerak emas.
"Qizilqum"ga qarshi ikki marta o‘ynaymiz. Dastlab Superligada, so‘ngra Kubok doirasida. "Nasaf" g‘alaba qozonishni ko‘proq xohladi. Ular ikkinchi o‘rin uchun kurashishdi, bizda esa to‘rtinchi o‘rindan tepaga chiqa olmasligimiz deyarli aniq edi", - deydi Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi