23:50 / 30.11.2020
3 541

Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?

Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?
O‘zbek futbolida lenioner masalasi doim dolzarb ahamiyat kasb etgan. Milliy chempionatimizda o‘zini ko‘rsatib, keyin xorij ligalariga o‘tib ketgan o‘yinchilarning aksariyati tajriba va mahorat bobida o‘zimizning jamoalarda o‘ynayotganlardan ustun ekani ham hech kimga sir emas.

O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari bugungi kunda Italiya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Bahrayn, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Bangladesh, Tailand, Indoneziya, Malayziya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning turli darajadagi ligalarida to‘p tepmoqda.

O‘zbekistonlik futbolchilar uchun Rossiya chempionati alohida o‘rin tutadi. Avvaldan eng zo‘r o‘yinchilarimiz asosan ushbu yurt chempionatida o‘ynab kelgan. Hozir ham Rossiya futbolida o‘zbek futbolchilarining o‘z o‘rni bor. Ayniqsa, Eldor Shomurodovning kuchli beshlik chempionatidagi “Jenoa”dan taklif olgani o‘zbek futboliga e’tiborni kuchaytirdi. “Spartak” Oston O‘runovni, “Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni bejizga xarid qilgani yo‘q.

Rossiya Milliy futbol ligasidagi vakillarimiz Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov “Nefteximik”da, Vitaliy Denisov “Tom”da muntazam maydonga tushmoqda va o‘z jamoasi uchun muhim o‘yinchi hisoblanadi.

Xorijda to‘p surayotgan legionerlarimizning aksariyatini tarbiyalab bergan milliy chempionatimizning navbatdagi mavsumi ham yakuniga yetmoqda. Superliga jamoalari bittadan o‘yin o‘tkazadi xolos. Barcha sovrindorlar aniq.

Bu yog‘iga klublar transferlar va mavsum oralig‘idagi yig‘inlarga sho‘ng‘iydi. Rossiyalik taniqli futbol sharhlovchisi Ilya Kazakov Rossiya premer-ligasi jamoalari e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Uning fikricha, “Paxtakor”ning to‘rt futbolchisi Rossiya futbolida o‘z o‘rnini topishga qodir.

Jaloliddin Masharipov
“Paxtakor” yetakchisi Jaloliddin Masharipov anchadan buyon xorij klublaridan chaqiruv olayotgani hammamizga ma’lum. Unga aksariyat Osiyo jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Arab jamoalari ham o‘ziga chorlayapti. Xavi ham uni o‘z shogirdlari orasida ko‘rishni istayapti. Hatto, Turkiyaning kuchli klublaridan takliflar bo‘ldi. “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish uchun uni qo‘yib yubormadi. Jaloliddinning o‘zi ham legioner sifatida o‘z kuchini chet elda sinab ko‘rishni istamoqda. Qishda yangilik bo‘lib qolish ehtimoli yo‘q emas. Masharipov Superliga bahslarida oltita gol urdi va bir necha marta jamoadoshlarining gol urishi uchun qulay vaziyat yaratib berdi.

Igor Sergeyev
Yakunlanayotgan mavsum Igor uchun ancha omadli bo‘ldi. Yaqinda tajribali hujumchi “Paxtakor” tarkibida 100-golini urdi. U “Paxtakor” tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanishi mumkin. Hozircha, rekord Gennadiy Krasnitskiyga tegishli bo‘lib, marhum futbolchi “paxtakorchilar” safida 102 ta gol urgan.

Igor Sergeyev joriy mavsumda Superligada raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. Bundan tashqari, mohir hujumchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi gollari sonini 17 taga yetkazib oldi.

Faoliyati davomida 27 yoshli futbolchimiz Xitoyda “Beyszin Goan” va Birlashgan Arab Amirliklarida “Az-Zafra” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Yegor Krimes
O‘zbekistonning eng tajribali himoyachilaridan hisoblangan Yegor Krimes faoliyatini 2011 yilda “Paxtakor”da boshlagan. U himoyada mustahkam o‘ynashdan tashqari, gol urishni ham uddalaydi. Shu paytga qadar orada ikki marta Xitoy chempionatiga borib, “Beyszin Goan” jamoasida ham o‘ynab keldi.

Shuningdek, Krimes O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ham 35 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bir juft gol ham urgan.

Akramjon Komilov
24 yoshli futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, himoyada barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. Akramjon 2014-2018 yillar davomida “Bunyokdor”da 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi. Keyin “Paxtakor”ga ko‘chib o‘tdi. U “sherlar” tarkibida ham yaxshi o‘ynayapti. Joriy mavsumda himoyachi sifatida o‘z vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi.

Akramjon Komilov O‘zbekisto milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?