16:56 / 01.12.2020
3 441

O‘zbekiston MTJ shifokori Ektor Kuperning yoqmagan jihati haqida gapirdi

O‘zbekiston MTJ shifokori Ektor Kuperning yoqmagan jihati haqida gapirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriyev telegramdagi sahifasida Ektor Kuper murabbiylik qilgan payti kechki ovqat borasida qiziq bir post qoldirdi.

- Saharda nonushta qilaturib, televizorda rusiyzabon “Xayrli tong” teledasturini tomosha qilayotgandim. Ko‘rsatuvning ispanlar hayotiga bag‘ishlangan parchasi diqqatimni tortdi. Emishki, “Ispanlar bemalolxo‘ja xalq bo‘lgani uchun ham kechki ovqatni shoshmasdan juda kech tanovul qilib, anchagacha uxlamas, so‘ngra ertalab kech uyg‘onib, ishga bir-ikki soat kechikib ham boraverar ekan. Bu ularda normal holat ekan”.

Beixtiyor terma jamoamizga ustozlik qilgan Ektor Kuper yodimga tushdi. Ajdodlari ispan bo‘lgan Argentinada tug‘ilib, anchadan buyon Ispaniyada yashayotgan “mister”ni (jamoada Kuperni barcha shunday chaqirardi) eslaganimning boisi bor. Murabbiylik faoliyati tahlilini mutaxassislarga qoldirib, uning o‘z ishini professionali ekanligini e’tirof etgan holda, shifokor sifatida menga “mister”ning bir jihati hech yoqmasdi. To‘g‘rirog‘i, u tuzadigan kun tartibi, yanada aniqroq aytsam, kechki yemak – "ujin"ni juda kech belgilashi.

Jamoa “ujin” uchun restoranga 22:00 dan barvaqt kirmasdi, 22-30; 23:00 va h., hatto bir marta tungi 01:00 da ham ovqatlanganmiz. Shifokor sifatida bu hol to‘g‘ri emasligi haqida bosh murabbiyga o‘z fikrimni bir necha bor aytganman, biroq doimo shifokor maslahatiga quloq tutuvchi va mening ishimga umuman aralashmaydigan Kuper aynan shu masalada o‘z fikridan qaytmadi (Bu “milliy odat” bosh murabbiyning qon-qoniga singib ketgan ekan-da).

Shundan so‘ng, jamoa sardori Odil Ahmedovni yordamga chaqirdim. Odil bilan suhbatdan so‘ng, sardor hurmati yuzasidan kechki taomni o‘sha kuni 21:30 da yedik. Xursand bo‘ldim, har qalay “mister” fikrini o‘zgartirdi deb, ammo keyingi kun ertalab qarasam, kun tartibidagi ujin yana o‘z joyiga – 22:30 ga qaytgandi..., - dedi Abror Pirriyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ shifokori Ektor Kuperning yoqmagan jihati haqida gapirdi