4 320
Alisher Nikimbayev "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyingi vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi
Taniqli futbol mutaxassisi o‘z sahifasi orqali yuzaga kelgan tartibsizlik bo‘yicha izoh berdi.
"Menga ikki kundan beri Farg‘onadan videolavhalar yuborib, vaziyat bo‘yicha izoh berishimni so‘rashmoqda. Aslida hamma narsa aniq bo‘lsa, nimani izohlash kerak? "Neftchi" futbolchilari va muxlislari futbolning barcha qonunlarini va hattoki Jinoyat kodeksining ayrim moddalarini buzishdi. Aybdorlar jazolanishi kerak. Hakam xatoga yo‘l qo‘ydimi yoki yo‘q, muhim emas.
Boshqa tomondan, "Neftchi" bilan birgalikda PFL va uchrashuvda ishtirok etgan uning barcha xodimlari sodir bo‘lgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Yodingizda bo‘lsa, ushbu o‘yin yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida ikki kun ortga surilgandi. Biz ana shu saviyani ko‘rdik. PFLda turli sohalarda ko‘plab mutaxassislar bor, faqat bittasidan tashqari - musobaqalarni tashkil qilish (men yana uchta yoki to‘rtta sohani sanagan bo‘lardim, lekin hozir biz bitta soha bo‘yicha gaplashamiz).
PFLning bayonotida aytilishicha, Farg‘onada 8 kishidan iborat ishchi guruh bo‘lgan. SAKKIZ! Hatto FIFA va OFK ham qiyinchiligi yuqori bo‘lgan bahslarga ko‘pi bilan 4-5 kishini yuboradi. Bu yerda esa 8 ta.
Savol tug‘iladi, bu odamlar ikki kun davomida nima qilishdi? Ularning birortasi organ vakillari bilan jamoat tartibini saqlash rejasini muhokama qilganmi? Agar tribunada pandemiya davrida ruxsat berilganidan ko‘proq tomoshabin o‘tirgan, ijtimoiy masofaga amal qilinmagan bo‘lsa, o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rilgandi?
Men translyatsiyani ko‘rmadim, lekin lavhalarga ko‘ra 80-daqiqadan boshlab muxlislar hakamlikdan norozi ekanliklari aniq ko‘rina boshladi. PFLning ushbu sakkiz nafar xodimi 80-daqiqadan to final hushtagigacha nima bilan shug‘ullangan? Mabodo vaziyat taqozo etgudek bo‘lsa, ular hakamlarni himoya qilish uchun jamoat tartibini saqlash xodimlari bilan aloqa qildilarmi? Nega ushbu 8 nafar xodim hakamlar uchun maydondan kiyinish xonasiga qadar yo‘lak hosil qilmadi?
Bu savollarga PFL javob beradi deb o‘ylamayman. Javoblar o‘rniga ular xohlagan narsalari haqida gapirishni afzal ko‘rishlari allaqachon an’anaga aylangan. Faqatgina PFLni javobgarlikka tortishga qodir odamlar O‘zbekistonda bor-yo‘qligini tushunish kifoya. Men eng ommabop nashrlarda emas, unchalik mashhur bo‘lmagan ikkita OAVda uchrashuv tashkilotchilariga nisbatan qilingan tanqidlarni ko‘rdim. PFLning o‘zida na Ijroiya qo‘mita va na xodimlar hisobot beradigan boshqa biron bir tashkilot mavjud. Hamma umid O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidanmi?", - deydi Alisher Nikimbayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi