08:28 / 08.12.2020
3 609

«Jenoa» so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

«Jenoa» so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 10-turida «Jenoa» 7 dekabr, dushanba kuni «Fiorentina» maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi. To‘p nazorati va hujumlar tashkil qilishda ustunlik maydon egalari tomonidan bo‘ldi. Mehmonlar esa qarshi hujum va uzun uzatmalarga tayanib harakat qildi. Tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham florensiyaliklar faolligida o‘tdi, genuyaliklar ma’lum vaqt oralig‘ida xavfli hujumlar tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda «Fiorentina» raqib jarima maydoni atrofidagi bosimni kuchaytirdi. 70-daqiqada Jakomo Bonaventura «Jenoa» darvozasini ishg‘ol etishga erishgandi, biroq ushbu gol VAR tekshiruvidan keyin bekor qilindi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi: «binafshalar»ning maydon markazida to‘pni yo‘qotishidan keyin yuzaga kelgan hujumni Eldor Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan Marko Pyatsa golga aylantirdi. Biroq mehmonlarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi, Nikola Milenkovich florensiyaliklarning so‘nggi hujumini gol bilan yakunladi.

Ushbu bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 65-daqiqada zaxiraga olindi.

«Jenoa» 6 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda, «Fiorentina» (9) 17-pog‘onani band etgan. Shomurodov jamoasi keyingi turni 13 dekabr kuni «Yuventus»ga qarshi o‘tkazadi.

«Fiorentina» — «Jenoa» 1:1
Gollar:
0:1 – 89 Pyatsa, 1:1 – 90+8 Milenkovich.
«Fiorentina»: Drongovski, Kaseres, Biragi, Milenkovich, Petsselya, Riberi (Valero, 78), Pulgar (Kuame, 90), Kastrovilli (Bonaventura, 41), Amrabat, Kalexon (Esserik, 78), Vlaxovich (Kutrone, 78).
«Jenoa»: Marketti (Paleari, 65), Masello, Goldaniga, Sapata (Gilone, 37), Pellegrini, Radovanovich (Behrami, 80), Lerager, Sturaro, Bani, Skamakka (Destro, 80), Shomurodov (Pyatsa, 65).
Ogohlantirishlar: Pulgar (15), Sturaro (45), Pellegrini (73), Valero (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Jenoa» so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)