14:48 / 10.12.2020
3 431

“Men Shomurodovga ishonaman, u asosiy hujumchimiz!”

“Men Shomurodovga ishonaman, u asosiy hujumchimiz!”
Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Jenoa” A Seriyaning navbatdagi turida “Fiorentina” maydonida g‘alabaga juda yaqin kelgandi. O‘yinning oxirida raqib darvozasiga yo‘l topgan genuyaliklarga muhim g‘alabani ushlab qolib uchun bir necha soniya yetmadi xolos.

Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov ilk bor Frank Riberi, Xose Kalexon, Jakomo Bonaventura va Dushan Vlaxovich kabi yulduzlarga qarshi to‘p surdi. Bundan oldingi ikkita o‘yindagi muvaffaqiyatdan so‘ng, Eldor Shomurodov bu gal samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Bu futbolchimizning harakatlariga o‘z munosabatini bildirgan muxlislar fikriga ham ta’sir qildi.

E’tiboringizga, “Jenoa” muxlislarining o‘zbek legioneri o‘yiniga bergan bahosini havola etamiz.

Carmine Buonissimo
Menimcha, bu Shomurodov va Skamakka tandemining eng yomon o‘yini bo‘ldi. “Fiorentina” baland bo‘yli hujumchilarimizning o‘yin uslubini yaxshi o‘rgangan ko‘rinadi. Keyinroq, ularning o‘rniga maydonga tushgan Destro va Pyatsa mezbonlar darvozasiga yo‘l topdi. Balki bu ikki futbolchi keyingi bahsda imkoniyatga ega bo‘lar!

Nicola Massa
Shomurodov bu galgi o‘yini bilan “Avvalgi muvaffaqiyatlar tasodif emasmidi?” degan savol uyg‘otib qo‘ydi.

Erik Noce
Hujumchilarimiz sust harakat qildi. Genuyada zo‘r o‘ynay boshlagan Skamakka va Shomurodov Florensiyadagi uchrashuvda o‘ziga o‘xshamadi. Balki, murabbiy ularni har bir uchrashuvda o‘ynatib, charchatgandir. Ular dam olishi kerak.

Vincenzo Spitaletta
Eldor o‘z darajasida o‘ynay olmadi. Buning yomon tomoni yo‘q. Ikkita o‘yinda qahramon bo‘lgandi. Yaqinda jarohatdan qutildi va hali ideal sport formasini tiklagani yo‘q. Men unga ishonaman. Shomurodov mavsumdagi asosiy hujumchimiz!

Alessio Buggati
Bu gal hujumdagilar yaxshi o‘ynay olmadi. 87-daqiqagacha atigi ikki marta zarba berdik. Keyin hammasi joyiga tushdi.

Massimo Bargniani
Men Maran Shomurodovni bekor zaxiraga oldi, deb hisoblayman. U Skamakkadan samaraliroq o‘ynayotgan edi. Eldor “Jenoa”ning qarshi hujumdagi o‘yin uslubiga hammadan ko‘ra mos tushadi.

Roberto Mangione
Eldorning omadi chopmadi! Umuman olganda, butun jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsata olgani yo‘q. Lekin oxirida omadimiz kelib gol urdik va hatto g‘alabaga ham yaqin kelgandik.

Max Pozzo
Shomurodov yulduzlik kasaliga chalinmadimi? Golli pas va goldan keyin o‘yinidan yorqin harakatlar ko‘zga tashlanmadi.

“Jenoa” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 13 dekabr kuni o‘z maydonida amaldagi chempion “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » “Men Shomurodovga ishonaman, u asosiy hujumchimiz!”