12:45 / 11.12.2020
2 961

"Nasaf" OCHL litsenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda...

"Nasaf" OCHL litsenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda...
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi bu yilgi mavsum Superligada ikkinchi o‘rinni egalladi. Biroq klub 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmasligi mumkin. Sababi "Nasaf" belgilangan vaqtda OFKga litsenziyadan o‘tish uchun kerakli hujjatlarni yubormagan.

Muddat avgust oyi so‘nggida tugab bo‘lgan. Biroq PFL va O‘FA "Nasaf"ga litsenziya uchun hujjatlarni yuborish uchun so‘nggi imkoniyat berishni hamda pandemiyani sabab qilib ko‘rsatgan holda OFKga xat yo‘llagan.

Kecha "Nasaf" rahbari Sergey Kucherenko va litsenziyalash bo‘yicha mutaxassis PFL vakillari bilan mazkur masala yuzasidan uchrashishgan. "Nasaf"dagilar barcha ayb o‘zlarida ekanini tan olishgan va so‘nggi imkoniyat berilsa hujjatlarni to‘g‘rilab yuborishga va’da berishgan. Nega vaqtida hujjatlar yuborilmagani haqida savolga klub oldiga mavsum boshida yuqori o‘rinlarni egallash vazifasi qo‘yilmagandi deb javob berishdi. Bu albatta professional klubga umuman yarashmaydigan holat.

Endi "Nasaf" OFKdan javob xati kutmoqda. Biroq OFKga yaqin manbalar saytimizga tashkilot muddat o‘tib ketganidan keyin litsenziyalashga ruxsat berishi dargumon ekanini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, agar O‘zbekiston kubogini "Paxtakor" emas boshqa klub qo‘lga kiritsa, "Nasaf" har qanday holatda OCHLda qatnashmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" OCHL litsenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda...