2 692
Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat klub tuziladi va u Pro-Ligada ishtirok etadi
Foto: O‘FA
Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rahbariyati O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi borasida qator qarorlarni qabul qildi.
Unga ko‘ra, tarkibi yoshlardan iborat «Olimpiya» futbol klubi tuziladi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi Olimpiya terma jamoasi mazkur klub bazasi asosida shakllantiriladi. «Olimpiya» klubi 2021 yilgi mavsumdan boshlab Pro-Ligada ishtirok etadi.
Klub Toshkent viloyatidagi «Yevrosiyo» (sobiq «Do‘stlik») sport majmuasida qo‘nim topadi. Ushbu sport kompleksida 50—60 o‘rinli kichik mehmonxona, qo‘shimcha maydonlar quriladi, ob’ektning infratuzilmasi qayta rekonstruksiya qilinadi.
Foto: MOQ
MOQ bayonotida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ilk bor qo‘llanilayotgan ushbu amaliyot mamlakat Olimpiya terma jamoasining Parij—2024 yozgi o‘yinlariga litsenziya olishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi