20:34 / 12.12.2020
2 686

Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat klub tuziladi va u Pro-Ligada ishtirok etadi

Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat klub tuziladi va u Pro-Ligada ishtirok etadi
Foto: O‘FA
Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rahbariyati O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi borasida qator qarorlarni qabul qildi.

Unga ko‘ra, tarkibi yoshlardan iborat «Olimpiya» futbol klubi tuziladi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi Olimpiya terma jamoasi mazkur klub bazasi asosida shakllantiriladi. «Olimpiya» klubi 2021 yilgi mavsumdan boshlab Pro-Ligada ishtirok etadi.

Klub Toshkent viloyatidagi «Yevrosiyo» (sobiq «Do‘stlik») sport majmuasida qo‘nim topadi. Ushbu sport kompleksida 50—60 o‘rinli kichik mehmonxona, qo‘shimcha maydonlar quriladi, ob’ektning infratuzilmasi qayta rekonstruksiya qilinadi.

Foto: MOQ
MOQ bayonotida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ilk bor qo‘llanilayotgan ushbu amaliyot mamlakat Olimpiya terma jamoasining Parij—2024 yozgi o‘yinlariga litsenziya olishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat klub tuziladi va u Pro-Ligada ishtirok etadi