08:23 / 13.12.2020
2 873

Anvar Boynazarov MMA’dagi debyut jangida 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Anvar Boynazarov MMA’dagi debyut jangida 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi
Foto: Instagram
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov (1-0) 13 dekabr tongida AQSHning Tallahassi shahrida bo‘lib o‘tgan Combat Night Pro 19 musobaqasida MMA’da debyut qildi.

«The Uzbek»ga amerikalik Henri Li Krapp (0-1) raqiblik qildi. 31 yoshli o‘zbekistonlik jangchi birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va MMA’dagi debyutini chiroyli g‘alaba bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, Anvar Boynazarov 1989 yilning 10 yanvar kuni Samarqandning Jomboy tumanida tug‘ilgan. 12 yoshidan boshlab taekvondo bilan shug‘ullangan. U professional faoliyatini rivojlantirish uchun 2008 yil Tailand poytaxti Bangkokka jo‘nab ketgan.

«The Uzbek» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Boynazarov muaytay bo‘yicha avvaliga havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi, 2011 yilda esa WMF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Faoliyatining ma’lum qismida 5 yil ichida 111 ta jangda ishtirok etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Boynazarov MMA’dagi debyut jangida 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi