14:06 / 13.12.2020
2 974

UFC 256. Toni Fergyuson yutqazib qo‘ydi, Figeredo esa chempionlik kamarini himoya qildi

UFC 256. Toni Fergyuson yutqazib qo‘ydi, Figeredo esa chempionlik kamarini himoya qildi
Foto: Getty Images
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 13 dekabr, tongida UFC 256 musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqaning asosiy jangi mutlaq yengil vazn toifasi chempioni Deyvison Figeredo va meksikalik yakkakurashchi Brendon Moreno o‘rtasida kechdi.

Dastlabki ikki raund ustunlik chempion tomonida bo‘ldi, biroq Brendon raqibining zarbalariga dosh berish bilan birga, o‘zi ham qator vaziyatlarda faollik namoyish qildi. Uchinchi raundda vaziyat biroz tenglashdi, bu raundda Deyvison raqibiga taqiqlangan zarba yo‘lladi va undan ochko olib tashlandi. To‘rtinchi raundda ham teng kurash bordi, raundning birinchi yarmida Figeredo ustunlik qilgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalar Moreno hisobiga yozildi. Beshinchi raundni jangchilar pastda tempda o‘tkazdi va muhim zarbalar borasida Figeredo biroz ustunlik qildi. Yakunda ikkita hakam durangni qayd etdi, biri esa Deyvison foydasiga qaror chiqardi. Shu tariqa Figeredo chempionlik kamarini himoya qildi.

Yana bir markaziy jang yengil vazn toifasi vakillari Toni Fergyuson va Charlz Oliveyra o‘rtasida kechdi. Oliveyra har uchala raundda ham ustunlikka erishdi. Jangning ko‘p qismi parterda o‘tdi, Toni birinchi raund so‘nggida qo‘l og‘ritish usuliga tushib qoldi, biroq raund tugagani haqida bong uni muddatidan avvalgi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ikkinchi raundda Fergyuson «uchburchak» usulidan chiqib ketishga erishdi. Shu tariqa Oliveyra barcha raundlarni o‘z foydasiga hal qilgan holda g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, Kevin Holland Rafael Souzani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, navbatdagi g‘alabani nishonladi. Siril Geyn esa sobiq chempion Junior dos Santosni taslim etdi.

Prelim kardda jang o‘tkazgan qirg‘izistonlik Rafael Fiziyev (9-1) birinchi raunddagi ajoyib nokaut evaziga Renato Moykanoni (14-4-1) yengdi.

Asosiy kard natijalari:
Deyvison Figeredo (21-1) ochkolar hisobda Brendon Morenodan (18-6-1) ustun keldi — (47:46, 47:47, 47:47).
Toni Fergyuson (26-5) ochkolar hisobida Charlz Oliveyraga (30-8) yutqazdi — (27-30, 27-30, 27-30).
Makkenzi Dern (10-1) ochkolar hisobda Virn Yandirobani (16-2) yengdi — (29-28, 29-28, 29-28).
Kevin Holland (21-5) birinchi raunddagi nokaut evaziga Ronaldo Souzadan (26-9) ustun keldi.
Siril Geyn (7-0) ikkinchi raunddagi texnik nokaut bilan Junior dos Santosni (21-9) mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 256. Toni Fergyuson yutqazib qo‘ydi, Figeredo esa chempionlik kamarini himoya qildi