09:30 / 15.12.2020
3 085

Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko‘raman"

Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko‘raman"
2018 hamda 2019 yillarda "Nasaf" va "Navbahor" tarkibida to‘p surgan himoyachi Slavko Lukich bilan bog‘landik.
Oldinroq uning atrofida mish-mishlar urchigani va kelasi mavsumda "Navbahor" tarkibida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi borasida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Biroq Slavko ushbu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Lekin u "Navbahor"ga qaytishga tayyorligini aytdi.

- Slavko, eshitishimizga qaraganda, kelasi mavsumda "Navbahor"ga o‘tishingiz mumkin ekan.
- Buni yolg‘on ma’lumot deyishim mumkin. Agar menga qo‘ng‘iroq qilib, "Navbahor"ga taklif bilan chiqishsa, yo‘q demayman. "Navbahor" muxlislarini yaxshi ko‘raman. Ularning qarshisida futbol o‘ynash, ularning qo‘llab-quvvatlovini his qilib turish doimo yoqimli. Namangan - haqiqiy futbol shahri. U yerda futbol va futbolchilar qadrlanadi.

- Demak, "Navbahor"ga qaytish niyatingiz yo‘q emas.
- Albatta. Agarda kimdir qo‘ng‘iroq qilib, taklif bilan chiqsa, shunday ajoyib jamoa tarkibida o‘ynashdan faqatgina xursand bo‘laman.

- Menimcha, Andrey Kanchelskis hali ham jamoani boshqarayotgan bo‘lganida bunday demagan bo‘lardingiz.
- Albatta, yo‘q. Deyan Jurjevichdan keyin jamoani Andrey Antanasovich qabul qilib olganidan keyin men zaxirada qolib ketdim. Hatto natijalar yaxshi bo‘lsa ham, yaxshi o‘yin ko‘rsatsam ham Kanchelskis menga qaraganida qovog‘ini uyib olardi.

- Demak, Sizni O‘zbekistonga kelishingizni kutsak bo‘ladimi?
- Ha, agar aloqaga chiqishsa, yo‘q demayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko‘raman"