16:23 / 20.12.2020
2 844

"Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Italiya chempionati 13-turida "Jenoa" mehmonda "Benevento" bilan bahs olib boradi. Genuyaliklar ustozi Rolando Maran o‘yin oldi matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, buni "Milan"ga qarshi o‘yinda ham ko‘rsatib bo‘ldik. Endi esa boshlagan yo‘limizda davom etishimiz kerak.

Florensiya va Milanda raqiblardan ochko tortib oldik, Turinda ham raqibga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, kelasi o‘yinlarda ham mana shunday ruhda davom etishimiz kerak bo‘ladi. Oldinda bizni katta jamoalarga yetarlicha bosh og‘riq bo‘ladigan klub kutib turibdi, biroq biz ushbu bahsda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Nihoyat hujum chizig‘ida ham o‘yin davomida o‘zgarishlar qilishim mumkin. Bu esa bizga qo‘shimcha kuch beradi. Pandev qaytdi, Zappakosta jamoa mashg‘ulotgarida ishtirok etdi va u ham bir necha daqiqa maydonda to‘p surishi mumkin
", - deydi Maran.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi "Benevento"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?