
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi katta o‘zgarishlar arafasida turibdi. Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Rolando Maran rasman iste’foga chiqarildi. Bunga sabab qilib, jamoaning so‘nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklari ko‘rsatilmoqda.
Genuyaliklar rahbariyati italiyalik mutaxassis Davide Ballardini bilan kelishuvga ham erishib ulgurgan. Shartnoma bugun rasmiylashtirilishi kutilmoqda. 56 yoshli mutaxassis avval ham "Jenoa" bosh murabbiyi vazifasida ishlagan. Uning so‘nggi klubi ham aynan "Jenoa" hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov jamoasi A Seriya 13-turidan o‘rin olgan bahsda debyutant "Benevento"ga yutqazdi. Ular turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar