date
views 4 103

Nahotki!? "Arsenal"ni boshqarishi kutilayotgan murabbiy "Paxtakor"da!?

Nahotki!? "Arsenal"ni boshqarishi kutilayotgan murabbiy "Paxtakor"da!?
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" Shota Arveladze o‘rniga bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqish ishlarini boshlab yuborgan va ular orasida xorvatiyalik Slaven Bilich ham bor.

Uning so‘nggi ish joyi Angliyaning "Vest Bromvich" klubi bo‘lib, o‘tgan hafta "Manchester Siti"ga qarshi durang o‘ynaganidan keyin, iste’foga chiqarilgandi. Bilichga ishlari yurishmayotgan "Arsenal" klubi tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Bugun tongda "Paxtakor" muxlislari Toshkent Xalqaro aeroportida Shota Arveladze bilan xayrlashdi va u yurtiga jo‘nab ketdi.

Manba: Sports.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nahotki!? "Arsenal"ni boshqarishi kutilayotgan murabbiy "Paxtakor"da!?