
Ertaga, Rossiyaning Moskva shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang kechasida Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Uning raqibi mezbonlar vakili Pavel Gurchenko (1-0-0)bo‘ladi. Avvalroq, yurtdoshimiz Artyom Tkachenko bilan jang qiishi kerak edi. biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, raqib o‘zgargan. Ushbu to‘qnashuv ikkinchi o‘ta yengil vazn (52,123 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Tabiiyki, ushbu jang avvalidagi an’anaviy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki bokschilar vazn me’yorini bajara oldilar.
Ma’lumot uchun, Hasanboy professional boksdagi ilk jangini 2019 yil 16 noyabrda meksikalik xesus Servantesga qarshi o‘tkazib, uni muddatidan avval taslim etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar