09:21 / 25.12.2020
3 248

Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Milliy terma jamoamiz safida 2007 yildan beri to‘p surib kelayotgan Odil Ahmedov kelasi yili 34 yoshga to‘ladi. Sports.uz saytiga bergan intervyusida terma jamoadagi taqdiriga ham oydinlik kiritgan holda faoliyatini qachon yakunlashini aytdi:

- Terma jamoada o‘yinim pasayganini yoki jismoniy holatim o‘zgarib qolganini sezsam, albatta o‘sha kuni terma jamoadagi faoliyatimni tugataman. Bunga real qarash kerak.

Har doim aytganman: mendan kuchli futbolchilar chiqib, o‘rnimda bemalol o‘ynay olishsa termadan ketishga tayyorman. Insonning jismoniy holatini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Bir yildan keyin ham, ikki yildan keyin ham shunaqa sport formasida bo‘laman deyishim mumkin. Biroq vaqt o‘tgani sari organizm charchab qolishi va formasini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Albatta, terma jamoamiz libosida jahon chempionatida to‘p surishni orzu qilaman. Buni vaqt ko‘rsatadi va Xudo biladi
, - dedi Ahmedov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi