Foto: Twitter
DAZN striming kompaniyasi boks bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Sergey Kovalyovni (34-1-4, 29 KO) jazoga tortishi mumkin.
Rossiyalik bokschi Saul Alvares (54-1-2, 36 KO) va Kallum Smit (27-1, 19 KO) o‘rtasida kechgan jangni Instagram tarmog‘ida noqonuniy yo‘l bilan translyatsiya qilgan. Bu haqda The Athletic jurnalisti Mayk Koppinjer xabar qildi.
Striming rahbariyati Kovalyovning bu harakatidan g‘azabda ekani aytilmoqda. U Bektemir Meliqo‘ziyevga (6-0, 5 KO) qarshi kechadigan keyingi jangini aynan DAZN platformasida o‘tkazadi.
Kovalyovning translyatsiyasi 2,5 mingdan ortiq tomoshabin yig‘gan. Bu DAZN uchun 50 ming dollardan (oylik obunani hisoblaganda) 250 ming dollargacha (yillik obunada) yo‘qotish degani.
Manbada keltirilishicha, DAZN bu holat yuzasidan chora ko‘rishi mumkin. Jurnalist bu masalada har ikki tomonning munosabatini bilishga uringan, biroq ularning hech biri so‘rovga javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Kovalyov keyingi jangini 30 yanvar kuni o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi