21:43 / 06.01.2021
2 925

Bobir Abdixoliqovga Yevropaning qator jamoalari va MLS klublaridan qiziqish yuqori

Bobir Abdixoliqovga Yevropaning qator jamoalari va MLS klublaridan qiziqish yuqori
Qarshining "Nasaf" jamoasining sobiq hujumchisi Bobir Abdixoliqovga xorijdan ko‘plab taklif va qiziqishlar uchramoqda.
Bu haqda Bobir ABdixoliqovning transferi bilan bog‘liq eksklyuziv ma’lumotlarni Shahboz Beg‘amov saytimizga ma’lum qildi.

Ayni paytda Polsha, Sloveniya, Gretsiyaning qator jamoalari Bobir Abdixoliqovga jiddiy qiziqmoqda. Shuningdek, hujumchining xizmatiga MLS klublari va Turkiyaning "Kayserispor", "Denizlispor" va "Erzurum" jamoalaridan qiziqish mavjud.

Bobir Abdixoliqovning xizmatlariga yana Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasidan jiddiy taklif mavjud. Xususan jamoa bosh murabbiyi Aleksey Shpilevskiyga Abdixoliqovning o‘yini manzur kelgan va mutaxassis Bobirni jamoaga olib kelishga qiziqmoqda.

Ayni paytda "Nasaf" bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan Bobir Abdixoliqov va futbolchining agentlari dastlab ustuvor bo‘lgan chempionatdan yakuniy qarorni kutishmoqda va keyinchalik qolgan takliflarni ko‘rib chiqishni reja qilishgan. Hozirda qator chempionat vakillari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.

Bobir Abdixoliqovga Osiyo qit’asidan ham takliflar tushgan. Biroq Bobir va futbolchining vakillari uchun birinchi o‘rinda Yevropa varianti ustuvor bo‘lib turibdi. Bobir Abdixoliqovga Yevropaga Osiyoga nisbatan kamroq maosh evaziga bo‘lsa ham ketishni va futbolchi sifatida o‘sishni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqovga Yevropaning qator jamoalari va MLS klublaridan qiziqish yuqori