
Gollandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotman “Marsel”ni tark etishi va Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli tajribali futbolchining xizmatlariga “Jenoa”da qiziqish paydo bo‘lgan.
Strotman 11 yanvar kuni hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan jamoa safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.
Kevin Strotman joriy mavsum Fransiya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
Eslatib o‘tamiz, Strotman uchun A Seriya begona emas. U "Marsel"ga o‘tishdan oldin "Roma" sharafini himoya qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar