Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashrining “Jenoa” futbol klubi yangiliklari va Eldor Shomurodovning mazkur jamoadagi faoliyatini yoritib borayotgan buoncalcioatutti.it sayti muallifi Alessio Semino bilan suhbatining davomini e’tiboringizga havola qilamiz.
Qaysi murabbiy Shomurodovdek futbolchidan o‘z ixtiyori bilan voz kecha oladi? (Birinchi qism)
- Sizningcha, Shomurodov hujumda qaysi futbolchi bilan birga o‘ynashi qulay – Mattia Destromi yoki Skamakka? Balki, genuyaliklarning faxriy hujumchisi Goran Pandev bilan o‘ynatib ko‘rish ma’quldir?
- Asosiysi shuki, bugungi kunda Shomurodov murabbiyning har qanday variantiga to‘g‘ri keladi. Murabbiy muayyan o‘yinda qo‘llaydigan taktik usuli uchun Shomurodovga joy topishda qiynalmaydi, chunki Eldor moslashuvchan futbolchi va har qanday sherik bilan yaxshi o‘ynay oladi. Shomurodov A Seriyada qolishga kurashayotgan jamoa uchun muhim o‘rin tutadi.
“Jenoa” murakkab vaziyatda qolgan va ularning har bir uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Hal qiluvchi bellashuvlarda esa, xuddi Eldor singari ham o‘zi, ham jamoadoshlari uchun borini berib o‘ynaydigan futbolchi kerak. O‘tgan o‘yinda “Jenoa” birdam bo‘lib harakat qildi va “Bolonya” ustidan haqli g‘alabaga erishdi. Ana shunday davom etish kerak, va albatta, shunda “Jenoa” ligadagi o‘rnini saqlab qoladi. Qolaversa, Ballardinidek murabbiy bilan jamoa bu vazifani uddalaydi va bunda Shomurodovning yordami katta bo‘ladi.
- Kovid tufayli Italiyada ham muloqot cheklangan. Shunday bo‘lsa-da, Genuyada Eldor haqida nimalar deyishyapti?
- Pandemiyadan avval, hamkasblarimiz bilan birga futbolchilar bilan ko‘proq va erkin muloqot qilish imkoniga ega edik. Muxlislar ham shunday qilardi. Hozir hammasi cheklangan. O‘yinchilarning o‘zlari ham shaharga deyarli chiqmaydi, muloqotlarni keskin kamaytirgan. Umid qilamanki, Eldor tez orada Genuya shahri bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Hozir esa, asosan uy va mashg‘ulotlar bazasi o‘rtasida qatnayapti.
Bundan tashqari, u italyan tilini o‘rganishga qattiq kirishganidan xabardormiz. Yutuqlari ham ko‘rinib qoldi. Shuning o‘zi ham uning Italiya hayotiga tezroq kirishib ketishni istayotganini bildiradi. Ba’zan, maydonda hakamlarga italyan tilida e’tiroz bildirayotganini ham ko‘ryapmiz, demak, o‘sish bor!
- Shomurodovni Genuyada palovga taklif qilishgani haqida ham gapirib bering...
- Bu mahalliy muxlislar Eldorni yaxshi ko‘rib qolishganining yana bir isboti. “Jenoa” muxlislaridan birining rafiqasi rus tilida gaplashadigan millat vakilasi ekan. U o‘zbeklarning mashhur palovini tayyorlashni bilar ekan. Shomurodov yaqinda palovni yaxshi ko‘rishini aytgandi. Saytimiz orqali Eldorni o‘sha oila oshga taklif qildi.
Tabiiyki, pandemiya davrida mehmondorchiliklar ta’qiqlangan va Eldor u yerga bora olmadi. Lekin qachondir bu ta’qiqlarning hammasi olib tashlanadi. Men Shomurodovga Genuyada damlangan palov ma’qul kelishidan va u shahrimizda uzoq vaqt qolishidan umidvorman!
Darhaqiqat, bugungi kunda Eldor Shomurodov haqida O‘zbekiston, Rossiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida, turli saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p yozilmoqda.
Italiyadagi manbalarning aksariyati o‘zbek futbolchisiga “Yuventus”dan qiziqish bo‘layotgani haqiqat ekanini ta’kidlayapti. La Gazzetta dello Sport gazetasida Shomurodov haqidagi maqolada muallif Grimaldi shunday yozadi: “25 yoshli o‘zbek futbolchisining instagram sahifasida Muhammad Saloh va Joze Mourino bilan tushgan surati joylangan. Sahifani 133 mingdan ortiq odam kuzatadi. Postlarga 30 mingga yaqin “layk” bosiladi”.
Yana bir muhim jihat shundaki, La Gazzetta dello Sport gazetasi ham Eldor Shomurodovga Turindan qiziqish borligini tasdiqladi. Maqola muallifi: “Mendagi ma’lumotlarga qaraganda, “Bolonya” bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin “Yuventus” sport direktori “Jenoa” klubi va Shomurodovning agentlari bilan bog‘langan. Albatta, gap tezkor transfer haqida borgani yo‘q, lekin “Rostov”ning sobiq hujumchisi ularning e’tiboriga tushgani haqiqat”, - deb yozmoqda.
Bundan tashqari, xorij matbuotidagi chiqishlarda Eldor yaqinda tug‘ilgan farzandiga Mustafo, deb ism qo‘ygani, fevralda oilasi Italiyaga kelishi, klubdagilar va muxlislar uning o‘yinidan mamnun ekani, jamoa ichida xorvatiyalik legionerlar Marko Pyatsa va Milan Badel bilan yaxshi chiqishishi, ular futbolchimizni yangi yil bayramini birga nishonlashga taklif qilgani, yangi murabbiy Davide Ballardinining munosabati haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas