
Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘yayotgan “Navbahor” tarkibiga bugun 4 nafar yangi futbolchi qo‘shildi.
- Bular – o‘tgan mavsumni AGMK safida o‘tkazgan yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov, o‘tgan mavsumni “Qo‘qon - 1912” tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi Quvondiq Ro‘ziyev, shuningdek, serbiyalik futbolchilar - himoyachi Nikola Tasich hamda yarim himoyachi Marko Putinkanin.
Shuningdek, tajribali darvozabon O‘tkir Yusupov jamoa bilan tuzilgan shartnomasini muddatini uzaytirdi. Endi u yangi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi.
Biz ushbu futbolchilarning yangi mavsumda chiroyli o‘yinlari va gollari bilan “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib ulush qo‘shishlarini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar