23:30 / 20.01.2021
1 901

Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovga: "Baribir urushamiz, senga oson bo‘lmaydi"

Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovga: "Baribir urushamiz, senga oson bo‘lmaydi"
Professional boksning super yengil vazn (63.5 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan ikki hamyurtimiz Shohjahon Ergashev hamda Shahram G‘iyosov hozirgi kunda o‘zbek professional boks olamining yorqin vakillaridan hisoblanishadi. Ular o‘rtasidagi munosabatni ko‘pchilik turlicha talqin qiladi.

Ularni bir-biriga juda ko‘p taqqoslashlari, jang bo‘lsa, kimning g‘alaba qozonishi borasida ham muxlislar o‘rtasida juda ko‘plab tortishuvlar bo‘lib turadi. Shunday gap-so‘zlar ular orasidagi munosabatning sovuqlashgani borasidagi taassurotlarni ham uyg‘otganligi sir emas.

Vaholanki, har ikkisi bir-biriga bo‘lgan hurmatini yashirishmaydi. Buni bevosita ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatishingiz mumkin.
Jumladan, Shohjahon Ergashev o‘zining turnikdagi mashq jarayonini Instagram sahifasiga joylagan va bunga Shahram G‘iyosov qoyil qolgan tarzdagi munosabatini smaylik tarzida ifoda etgan.

Shohjahon Ergashev esa, bunga javoban hazilomuz tarzda quyidagi izohni yozib qoldirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)