09:00 / 21.01.2021
746

«Yuventus» 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylandi

«Yuventus» 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylandi
Foto: Twitter/JuventusFC
Italiya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Yuventus" hamda "Napoli" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin turinliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlabki gol 64-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi. Jarima maydoni markaziga yetkazib berilgan to‘pni portugaliyalik futbolchi darvozaga aniq yo‘lladi. O‘yin shu asnoda davom etayotgan bir paytda, neapolliklar hujumga katta e’tibor berdi.

O‘z navbatida, bu holat himoyada bo‘shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Alvaro Morata qarshi hujumda raqibni jazoladi. Kuadradoning uzatmasidan keyin bo‘sh qolgan darvozaga to‘p kiritgan Morata o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba tufayli "keksa senora" bosh sovringa ega chiqdi. Ma’lumot uchun, bu jamoa ustozi Andrea Pirloning murabbiy sifatidagi ilk tituli hisoblanadi.

Yuventus — Napoli 2:0
Gol:
Ronaldu (64), Morata (90+6).
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (79).
Yuventus – Shchensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Kuadrado, Artur, Bentankur (Rabo, 84), Kulusevski (Morata, 84), Makkenni, Keza (Bernardeski, 46), Ronaldu.
Napoli – Ospina, Mariu Ruy (Politano, 84), Kulibali, Manolas, Di Lorenso, Zelinski, Bakayoko (Elmaz, 67), Losano, Demme (Lorente, 84), Insine, Petanya (Mertens, 72).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (74), Zelinski (89).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)