2 318
OCHL-2021. "Paxtakor" uchinchi savatchadan joy oldi, AGMK pley-offda yutsa to‘rtinchi savatchada bo‘ladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun savatchalarni e’lon qildi.
Bu yildan e’tiboran guruh bosqichida 40ta klub ishtirok etadi. 10ta guruhda (5ta G‘arb, 5ta Sharq) 4tadan klub qatnashadi. G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 14-30 aprel kunlari, Sharq mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 21 apreldan 7 maygacha markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston chempioni 3-savatchadan o‘rin olgan. Ushbu savatchada "Istiqlol" (Tojikiston), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Goa" (Hindiston) va "Istiqlol" (Eron) kabi klublar o‘rin olgan. Bitta savatchadan o‘rin olgan klublar bir guruhda bo‘lishmaydi.
O‘zbekistonning yana bir vakili AGMK esa pley-off bosqichida "Al-Garafa"ni mag‘lub eta olsa to‘rtinchi savatchadan joy oladi.
OCHL-2021 savatchalari:
G‘ARB MINTAQASI
1-savatcha: "Al-Duhayl" (Qatar), "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Persepolis" (Eron), "Sharja" (BAA), "Al-Sadd" (Qatar).
2-savatcha: "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Traktorsozi" (Eron), "Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Al-Rayyan" (Qatar), "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni).
3-savatcha: "Paxtakor" (O‘zbekiston), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Goa" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston), "Istiqlol" (Eron).
4-savatcha: "Al-Shorta" (Iroq), "Al-Garafa" (Qatar) – AGMK (O‘zbekiston) g‘olibi, "Al-Vahda" (Saudiya Arabistoni) – "Eyr Fors" (Iroq) g‘olibi, "Fulad" (Eron) – "Al-Ayn" (BAA) g‘olibi, "Al-Vahda" (BAA) – "Al-Zavraa" (Iroq) g‘olibi.
SHARQ MINTAQASI
1-savatcha: "Szyansu Sunin" (Xitoy), "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Chonbuk Xyonde Motors" (J.Koreya), "BG Patxum Yunayted" (Tailand), "Shandun Lunen" (Xitoy).
2-savatcha: "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Ulsan Xyonde" (J.Koreya), "Tay Port" (Tailand), "Guanchjou" (Xitoy), "Nagoya Grampus" (Yaponiya).
3-savatcha: "Yunayted Siti" (Filippin), "Kitchi" (Gonkong), "Viyettel" (Vetnam), "Joxor Da’rul Tazim" (Malayziya), "Tampines Rovers" (Singapur).
4-savatcha: "Sidney" (Avstraliya), "Beyszin" (Xitoy) – "Brisben Roar" (Avstraliya)/"Kayya Iloilo" (Filippin) g‘olibi, "Sereso Osaka" (Yaponiya) – "Melburn Siti" (Avstraliya)/"Shan Yunayted" (Myanma) g‘olibi, "Poxan Stilers" (J.Koreya) – "Ratchaburi" (Tailand) g‘olibi, "Tegu" (J.Koreya) – "Chiangray Yunayted" (Tailand) g‘olibi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"