O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Muradov "UFC257" turniri doirasida amerikalik Endryu Sanches ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Har bir raund so‘nggida men murabbiyimdan yutgan yoki mag‘lub bo‘lganligimni so‘radim va u barchasida yengilganimni aytardi. Men o‘zimni 100 foiz yaxshi his qilmadim. Bu iqlim o‘zgarishidan bo‘lsa kerak. Shunga qaramay, g‘alabaga erishganim yaxshi bo‘ldi.
Menimcha, ular menga bir oylik ta’til berishadi, biroq men zudlik bilan oktagonga qaytishga tayyorman. Kimningdir o‘rniga chiqishga ham tayyorman", - dedi Muradov.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Endryu Sanchesni 3-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Jang videosharhini ushbu havola orqali tomosha qiling. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas